Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 30-sentyabr
Ushbu siyosat CARVEX Taxi (yo'lovchilar uchun) va CARVEX Driver (haydovchilar uchun) mobil ilovalari hamda stxgo.uz sayti orqali to'planadigan shaxsiy ma'lumotlarga taalluqli. Xizmat operatori — STRATIX SYSTEMS MChJ (Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Tepamasjid ko'chasi, 4-uy).
1. Qanday ma'lumotlar to'planadi
Yo'lovchilar:
- telefon raqami (kirish va SMS orqali tasdiqlash uchun), ixtiyoriy — ism;
- aniq joylashuv (GPS) — faqat ilova ochiq bo'lganda, olib ketish nuqtasini aniqlash uchun;
- kiritilgan manzillar, saqlangan joylar ("Uy", "Ish") va safarlar tarixi;
- Dostavka buyurtmasida — siz kiritgan qabul qiluvchining ismi, telefon raqami va izoh.
Haydovchilar:
- telefon raqami, F.I.Sh., JSHSHIR (PINFL);
- avtomobil ma'lumotlari: rusumi, modeli, yili, rangi, davlat raqami;
- hujjatlar va fotosuratlar: haydovchilik guvohnomasi, texnik pasport, sug'urta, pasport, avtomobil fotokontroli;
- aniq joylashuv (GPS) — "Onlayn" holatida va faol safar davomida, buyurtmalarni taqsimlash va yo'lovchiga haydovchini ko'rsatish uchun;
- safarlar va daromad tarixi.
Biz reklama identifikatorlarini to'plamaymiz, ilovalarda reklama yo'q va ma'lumotlarni sotmaymiz.
2. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi
- hisobga kirish va xavfsizlik (SMS kod orqali tasdiqlash);
- buyurtmani qabul qilish, eng yaqin haydovchini topish, narxni hisoblash va safarni kuzatish;
- haydovchi hujjatlarini tekshirish va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash;
- haydovchi va avtopark hamkorlari uchun daromad hisobotlari;
- qo'llab-quvvatlash xizmati va nizolarni hal qilish;
- qonunchilik talablarini bajarish.
3. Ma'lumotlar kimga beriladi
- Safar ishtirokchilari: yo'lovchiga haydovchining ismi, avtomobili, davlat raqami va joylashuvi ko'rsatiladi; haydovchiga yo'lovchining telefon raqami, olib ketish va borish manzili ko'rsatiladi (buyurtma unga biriktirilgandan keyin).
- Avtopark hamkorlari: haydovchi biriktirilgan avtopark o'z haydovchilarining ma'lumotlari, hujjatlari va daromad hisobotini ko'radi.
- Xizmat ko'rsatuvchilar (faqat xizmat uchun zarur hajmda): SMS yuborish provayderi; Didox (JSHSHIR yoki STIR orqali F.I.Sh./tashkilot nomini tekshirish); OpenStreetMap Nominatim (manzil qidirish — so'rov bizning serverimiz orqali yuboriladi); server xostingi (O'zbekiston).
- Davlat organlari: faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, yozma so'rov asosida.
4. Saqlash joyi va xavfsizlik
Ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi ("Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonun talabiga muvofiq). Barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi. Haydovchi hujjatlari ochiq havola orqali emas, faqat avtorizatsiyadan o'tgan foydalanuvchilarga (haydovchining o'zi, uning avtoparki va CARVEX administratori) ko'rsatiladi.
5. Saqlash muddati
Ma'lumotlar hisob faol bo'lgan davrda saqlanadi. Hisob o'chirilganda shaxsiy ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi. Qonunchilik saqlashni talab qiladigan yozuvlar (masalan, moliyaviy hisob-kitoblar) qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi va shaxsingizni aniqlamaydigan shaklda ishlatiladi.
6. Sizning huquqlaringiz
Siz o'z ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish va hisobingizni o'chirishni so'rash huquqiga egasiz. Hisobni o'chirish tartibi: stxgo.uz/delete-account.html.
7. Yosh cheklovi
Xizmat 18 yoshdan kichik shaxslar uchun mo'ljallanmagan. Biz bila turib bolalardan ma'lumot to'plamaymiz.
8. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.
9. Aloqa
STRATIX SYSTEMS MChJ · Telefon: +998 78 555-01-39 · Telegram: @stratix_systems
Privacy Policy (English)
Effective date: September 30, 2026
This policy covers the CARVEX Taxi (passenger) and CARVEX Driver (driver) mobile apps and the stxgo.uz website, operated by STRATIX SYSTEMS LLC, Tashkent, Uzbekistan.
Data we collect
- Passengers: phone number (login via SMS code), optional name, precise location while the app is in use (to set the pickup point), entered addresses, saved places and trip history; for deliveries — the recipient's name, phone number and note you provide.
- Drivers: phone number, full name, national personal ID (PINFL), vehicle details, documents and photos (driver's license, vehicle registration, insurance, passport, vehicle photo checks), precise location while online and during active trips, trip and earnings history.
We do not collect advertising IDs, show ads, or sell personal data.
How we use it
Account login and security, matching passengers with the nearest driver, fare calculation, live trip tracking, driver verification, earnings reports for drivers and partner fleets, customer support and legal compliance.
Sharing
Trip participants see what is needed for the trip (driver name, car, plate and location; passenger phone number and addresses after the order is assigned). Partner fleets see their own drivers' data and earnings. Service providers process data only to provide the service: SMS delivery provider, Didox (name verification by PINFL/TIN), OpenStreetMap Nominatim (address search, proxied through our server) and hosting in Uzbekistan. Government authorities receive data only on a lawful written request.
Storage, security and retention
Data is stored on servers in Uzbekistan and transmitted over HTTPS. Driver documents are available only to authenticated users (the driver, their fleet and CARVEX administrators). Personal data is deleted within 30 days after account deletion, except records that the law requires us to retain.
Your rights and account deletion
You may access, correct, or request deletion of your data. See stxgo.uz/delete-account.html.
Children
The service is not intended for persons under 18.
Contact
STRATIX SYSTEMS LLC · Phone: +998 78 555-01-39 · Telegram: @stratix_systems